Valyuta kurslari 11/08/2025
$1 – 12672.81
UZS – 0,63%
€1 – 14753.69
UZS – 0,38%
₽1 – 158.89
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston 11/08/2025 Koreya atrof-muhit instituti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Koreya atrof-muhit instituti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 11–15-avgust kunlari Koreya Respublikasi Koreya atrof-muhit instituti (KEI) delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashrif 2025-yil 24-mart kuni Koreya Respublikasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida O‘zbekistonda atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash tizimini takomillashtirish, mazkur jarayonlarni raqamlashtirish, ekologik monitoringni rivojlantirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda xalqaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Tadbirda Koreya atrof-muhit instituti, Atrof muhitga ta’sirni baholash guruhi katta ilmiy xodimi Dr. Sangyun Li, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Xalqaro hamkorlik, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh. Nurulloyev hamda boshqa soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Hamkorlik ramzi sifatida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) hududida joylashgan Davlat ekologik ekspertizasi markazining “Ekologik bog‘”ida daraxt ekish marosimi o‘tkazildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling