Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
KOICA va Adliya vazirligi Oʻzbekistonning intellektual mulk boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish loyihasini ishga tushirdi

KOICA va Adliya vazirligi Oʻzbekistonning intellektual mulk boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish loyihasini ishga tushirdi

KOICA va Adliya vazirligi Oʻzbekistonning intellektual mulk boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish loyihasini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 26-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Koreya Respublikasining Intellektual mulk vazirligi hamda Koreya Patent Axboroti Instituti (KIPI) KOICAning “Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi axborot tizimini takomillashtirish (2025–2029)” loyihasi doirasida ilk yigʻilishini oʻtkazdi.

Byudjeti 9,73 million AQSh dollarini tashkil etgan va 2025–2029-yillar davomida amalga oshiriladigan mazkur loyiha Oʻzbekistonda intellektual mulk (IM) sohasidagi davlat boshqaruvini mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, u IM ma’muriyati va “IP Adliya” axborot tizimlarining samaradorligi, aniqligi hamda barqarorligini oshirish, fuqarolar va biznes uchun raqamli IM xizmatlarining sifati va foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, shuningdek IM bo‘yicha mas’ul xodimlar salohiyatini kuchaytirish hamda jamoatchilikning IM tizimidan xabardorligi va undan foydalanishini kengaytirishni nazarda tutadi.

Ochilish soʻzida KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi director o’rinbosari Li Min Jong xonim hamkor tashkilotlarga yaqin hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda loyiha Oʻzbekistonda raqamli davlat xizmatlarini yanada samarali va shaffof qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarga mos kelishini ta’kidladi. Li xonim modernizatsiya qilinadigan tizimlar va malaka oshirish faoliyati fuqarolar hamda biznes uchun ishonchli IM xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishini qayd etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari Ikramov Muzraf loyiha ishga tushirilganini olqishlab, vazirlik barcha manfaatdor tomonlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini bildirdi. Ikramov M. zamonaviy IM boshqaruvi innovatsiyalarni rivojlantirish va davlat xizmatlarini takomillashtirishda muhim oʻrin tutishini alohida ta’kidladi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Koreya Respublikasi Intellektual mulk vazirligi bosh direktori Jae Hwan Jung ushbu loyiha Koreyaning tajribasiga tayangan holda Oʻzbekiston sharoitiga mos amaliy va samarali IM boshqaruv tizimini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, u Koreya tomoni loyihaning amalga oshirilishini izchil qoʻllab-quvvatlashini va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga hissa qoʻshishini bildirdi.

KIPI prezidenti/bosh direktori Sung Hoon Hyun loyiha oʻrta va uzoq muddatli tashabbus ekanini, u sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni ham oʻz ichiga olgan ilg‘or raqamli yechimlar orqali IM ma’muriyatini modernizatsiya qilishga qaratilganini qayd etdi. U KIPI hamkorlar bilan yaqindan ishlagan holda barqaror va amaliy natijalarga erishishga qat’iy intilishini tasdiqladi.

Mazkur missiya davomida tomonlar loyiha doirasi, ish rejasi, jadval hamda muvofiqlashtirish mexanizmlarini aniqlashtiradi. Shuningdek, amaldagi IM jarayonlari boʻyicha texnik maslahatlashuvlar oʻtkaziladi, tizim va ma’lumotlar bazasidagi muammolar ko‘rib chiqilib, ma’lumotlarni tozalash bo‘yicha “To-Be” modeli uchun yoʻnalishlar belgilanadi. Bundan tashqari, sun’iy intellektni oʻqitish uchun zarur ma’lumotlar talablarining asosiy mezonlari aniqlanadi, samaradorlik monitoringi uchun bazaviy tadqiqot boshlanadi va keyingi qadamlar bo‘yicha kelishuvga erishiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling