Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
Kobul shahrida O'zbekiston kompaniyasi ishtirokida savdo va logistika qo'shma korxonasi tashkil etildi

Kobul shahrida O'zbekiston kompaniyasi ishtirokida savdo va logistika qo'shma korxonasi tashkil etildi

Kobul shahrida O'zbekiston kompaniyasi ishtirokida savdo va logistika qo'shma korxonasi tashkil etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasi ko'magida Kobul shahrida Afg'onistonning "Khan Daqiq Trading" kompaniyasi va "Sogdiana Trans" mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda qo'shma korxona tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Khan Daqiq Trading" kompaniyasi rahbari Hamid Xon qo'shma korxonaning ochilish marosimidagi nutqida yiliga 150 ming tonna mahsulotni Kobul – Mozori-Sharif – Kobul yo'nalishida yuk mashinalarda, Mozori-Sharifdan O'zbekiston, Qozog'iston, Belarus, Rossiya, Boltiq bo'yi mamlakatlariga temir yo'l orqali yetkazish va u yerdan import mahsulotlarini olib kelish imkoniyati borligini ma'lum qildi.

"Sogdiana Trans" kompaniyasi logistika va marketing bo'limi boshlig'i – qo'shma korxona rahbari Aziz Abdullayev korxona mahsulotlarni Janubiy Osiyo mamlakatlaridan MDH va Boltiq bo'yi davlatlariga yetkazish hamda u yerdan olib kelish uchun qulay logistika sharoitlarini yaratishini bildirdi.

Elchi Oybek Usmonov tashkil etilgan qo'shma korxonaning O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida transport, logistika, savdo, sanoat va boshqa yo'nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Diplomat mazkur loyiha ikki mamlakat tadbirkorlarning eksport/import faoliyati uchun qo'layliklar yaratishiga, transport to'lovlarini pasaytirishiga va savdo aylanmasini ko'paytirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.

"Sogdiana Trans" MCHJ "O'zbekiston Temir yo'llari" AJ tomonidan tashkil etilgan bo'lib, Hayraton – Mozori-Sharif – Noibobod temir yo'li liniyasida yuk tashish, boshqarish va texnik xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling