Valyuta kurslari 27/08/2025
$1 – 12354.65
UZS – 0,4%
€1 – 14384.52
UZS – -0,03%
₽1 – 153.93
UZS – 0,9%
Qidirish
Iqtisod 26/08/2025 Kimyo-sanoat texnoparkida uchta yangi korxona ishga tushdi

Kimyo-sanoat texnoparkida uchta yangi korxona ishga tushdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Chirchiq kimyo-industrial texnoparkida uchta yangi rezident korxonaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Chirchiq kimyo-industrial texnoparkida uchta yangi rezident kompaniya - "LYUDI I CIFRI", "TEG" va "IOTA" MCHJ QKlarining ishlab chiqarish majmualari tantanali ravishda ochildi.

Marosimda Chirchiq shahri hokimi Murodjon Abdurahimov, "Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Korjikov, "Ximgrad" texnopolisi vakillari hamda OAV ishtirok etdi.

Taʻkidlash lozimki, ushbu loyihalar mamlakatimiz ichki bozori ehtiyojlarini qondirish, eksport salohiyatini oshirish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan:

"LYUDI I CIFRI" MCHJ QK — chakana savdo uchun stellajlar va tegishli uskunalar ishlab chiqaradi.

"TEG" MCHJ QK —temiryoʻl tarmogʻi uchun mikroprotsessorli markazlashtirish tizimlari, shuningdek, avtomatlashtirish va telemexanika qurilmalarini ishlab chiqaradi.

"IOTA" MCHJ QK — avtomobil konditsioner tizimlari uchun shlanglar va quvurlar ishlab chiqaruvchi korxona.

Ishlab chiqarish quvvatlari Yevropaning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan.

Taʼkidlash joiz, ushbu loyihalar doirasida 250 nafarga yaqin mahalliy aholi ish bilan taʼminlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling