Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi

“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi

 

“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ta’sis etilgan xalqaro mukofot adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohalarida katta yutuqlarga erishgan milliy va xorijiy ijodkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon vakillari: Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev “Adabiyot” nominatsiyasida, Tojikiston xalq shoiri Davlat Safarzoda “Madaniyat” nominatsiyasida, M.Avezov nomidagi Qozog‘iston Milliy drama teatri aktyori Yerkebulan Dayirov “Teatr va kino” yo‘nalishida, Ozarbayjon xalq artisti Alim Gasimov “Musiqa va raqs” nominatsiyasida, Turkmaniston xalq artisti Babasari Annamiradov “Tasviriy va amaliy san’at” yo‘nalishida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz direktori o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Dilfuza Egamberdiyeva “Fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar” nominatsiyasida tanlovning ilk g‘oliblari bo‘ldi.

Yetakchilar huzurida laureatlarga mukofot statuetkasi, diplom hamda 10 ming dollarlik pul mukofoti topshirildi.

Davlat rahbarlari sovrindorlar bilan suratga tushdilar.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling