Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
Kaya Sedat O‘zbekistondagi Respublika onkologiya va radiologiya markazi direktori etib tayinlandi

Kaya Sedat O‘zbekistondagi Respublika onkologiya va radiologiya markazi direktori etib tayinlandi

Kaya Sedat O‘zbekistondagi Respublika onkologiya va radiologiya markazi direktori etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri farmoyishiga ko‘ra Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya markazi direktori lavozimiga Kaya Sedat tayinlandi.

Kaya Sedat dastlab Anqara universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Keyinchalik Onadolu universitetida biznes boshqaruvi, Otaturk universitetida tibbiyot muassasalarini boshqarish yo‘nalishlarida bakalavr hamda Sakariya universitetida sog‘liqni saqlashni boshqarish yo‘nalishida magistratura bosqichini tamomlagan.

Xorijlik mutaxassis 2011 – 2018 yillarda Sakariya universitetining klinik shifoxonasi va Sakariya davlat shifoxonalari Ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Sakariya sog‘liqni saqlash boshqarmasi vitse-prezidenti hamda boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Yangi rahbar zimmasiga O‘zbekistonda onkologiya xizmatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, sohada zamonaviy menejmentni yo‘lga qo‘yish, xorij tajribasi asosida eng so‘nggi tashxis va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish, joylarda skrining tadbirlari qamrovini yana-da kengaytirish bilan bog‘liq bir qator vazifalar yuklandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling