Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
Katanesning sobiq yordamchilari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan 350 ming yevro talab qilmoqda

Katanesning sobiq yordamchilari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan 350 ming yevro talab qilmoqda

Katanesning sobiq yordamchilari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan 350 ming yevro talab qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanesning uch nafar yordamchisi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan (O‘FA) 350 ming yevro undirish niyatida.

Manba maʼlumotlariga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassislar Futbol bo‘yicha xalqaro federatsiya (FIFA)ning Nizolarni hal etish palatasiga murojaat qilgan bo‘lib, O‘FA ularga mazkur mablag‘ni to‘lamaganini taʼkidlamoqda.

Ularning shartnomalari 2026 yil yozigacha amal qilishi kerak edi, ammo Fabio Kannavaro boshchiligidagi yangi murabbiylar shtabi tayinlanganidan so‘ng, ular bilan shartnoma bekor qilingan.

Sobiq yordamchilarga yoshlar terma jamoalarida ishni davom ettirish taklif etilgan, ammo ular buni rad etgan. Ular taʼkidlashicha, kelishuvlari faqat milliy jamoani jahon chempionatiga tayyorlash uchun tuzilgan bo‘lgan.

Bunga javoban O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlum qildiki, Katanes yordamchilarining shartnomalari ularning mehnat kelishuvlaridagi bandga muvofiq avtomatik ravishda bekor qilingan. Ushbu bandda: «Bosh murabbiy bilan tuzilgan shartnoma tugatilgan taqdirda, uning yordamchilari bilan tuzilgan kelishuvlar ham bir vaqtning o‘zida bekor qilinadi», — deb belgilangan edi.

O‘FA taʼkidlashicha, bosh murabbiy bilan shartnomaning ikki tomon kelishuviga asosan tugatilishi va yangi murabbiylar guruhining kelishi avvalgi mutaxassislar bilan mehnat munosabatlarini yakunlashni anglatadi.

Tashkilot shuningdek, bu kabi bandni mehnat shartnomalariga kiritish FIFA va Sport arbitraj sudi (CAS) amaliyotiga ko‘ra standart holat ekanini qayd etdi. Katanes shtabi aʼzolariga boshqa yosh toifadagi terma jamoalarda ishni davom ettirish taklif qilingani, ammo ular bu takliflarni qabul qilmagani ham maʼlum qilindi.

Srechko Katanesning murabbiylar shtabi tarkibiga besh nafar sloveniyalik mutaxassis kirgan: yordamchilari Alesh Chex va Vlado Radmanovich, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Martin Magister, darvozabonlar murabbiyi Nixad Peykovich hamda fizioterapevt Ian Katanes.

Srechko Katanes 2021 yil avgustidan 2025 yil yanvar oyigacha O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan va sog‘lig‘idagi muammolar sabab lavozimini tark etgan.

Undan keyin milliy jamoaga Timur Kapadze rahbarlik qilgan bo‘lib, u Katanes shtabi aʼzolarining bir qismi bilan birga O‘zbekistonni tarixida ilk bor jahon chempionatiga olib chiqqan.

6 oktyabr kuni terma jamoaning bosh murabbiyi etib 52 yoshli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro tayinlangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling