Valyuta kurslari 07/01/2026
$1 – 11968.59
UZS – 0,14%
€1 – 14020.01
UZS – 0,4%
₽1 – 147.74
UZS – -0,05%
Qidirish
Kasbiy taʼlim agentligi direktorining o‘rinbosarlari tayinlandi

Kasbiy taʼlim agentligi direktorining o‘rinbosarlari tayinlandi

Kasbiy taʼlim agentligi direktorining o‘rinbosarlari tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi direktorining yangi o‘rinbosarlarini tayinladi.

Shixnazar Sharofaddinov Agentlik direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy taʼlim departamentiga rahbarlik qilib kelgan.

Agentlik direktorining ikkinchi o‘rinbosari lavozimiga esa avval Kasbiy taʼlim agentligining moliyaviy-iqtisodiy taʼminot va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Avzalxon Abdullaxonov tayinlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling