Valyuta kurslari 21/01/2026
$1 – 12073.29
UZS – 0,18%
€1 – 14158.35
UZS – 1,07%
₽1 – 155.16
UZS – 0,3%
Qidirish
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutiga direktor tayinlandi

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutiga direktor tayinlandi

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutiga direktor tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kazakova Saxiba Abdurayimovna Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Saxiba Kazakova Navoiy davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.

Faoliyati davomida umumta’lim maktabida o‘qituvchi, Navoiy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limida metodist, Respublika ta’lim markazida bo‘lim boshlig‘i, Osiyo taraqqiyot bankining STEM ta’limi bo‘yicha milliy konsultanti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida bo‘lim boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling