Valyuta kurslari 27/10/2025
$1 – 12117.35
UZS – -0,1%
€1 – 14069.46
UZS – 0,06%
₽1 – 149.49
UZS – 0,21%
Qidirish
Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi

Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi

Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezidentimizning “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi.

Bu orqali kasbiy taʼlimni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

Kasbiy taʼlim agentligi:

– texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy taʼlim sohasini boshqarishga masʼul bo‘ladi;

– kasbiy taʼlim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik taʼminotga talablarni belgilaydi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslar kasbga o‘qitiladi.

Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolar kasb va xorijiy tillarga o‘qitadi.

2027 yil 1 yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, davlat kasbiy taʼlim muassasalariga taʼlim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling