Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Kasbiy taʼlim agentligi direktorining o‘rinbosarlari tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi direktorining yangi o‘rinbosarlarini tayinladi.
Shixnazar Sharofaddinov Agentlik direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy taʼlim departamentiga rahbarlik qilib kelgan.
Agentlik direktorining ikkinchi o‘rinbosari lavozimiga esa avval Kasbiy taʼlim agentligining moliyaviy-iqtisodiy taʼminot va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Avzalxon Abdullaxonov tayinlandi.