Valyuta kurslari 27/11/2025
$1 – 11881.60
UZS – -0,46%
€1 – 13749.39
UZS – -0,14%
₽1 – 151.05
UZS – -0,34%
Qidirish
Kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish tartibi belgilandi

Kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish tartibi belgilandi

Kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlar bilan ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3713-son, 26.11.2025 y.).

Nizomga ko‘ra, har yili 1 martgacha Kartoshkaning “in-vitro” o‘simligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qo‘yiladigan talablarga javob beruvchilar tanlab olinadi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan kartoshka yetishtiruvchi subyektlar 3 ish kunida “E-urug‘” axborot tizimida yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi subyektlar reyestriga kiritiladi.

Tanlov natijalari bo‘yicha axborot eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tanlovda g‘olib bo‘lgan kartoshka yetishtiruvchi subyektlar bilan ilmiy muassasa va (yoki) tadbirkorlar o‘rtasida “AgroDocs” axborot tizimi orqali shartnoma tuziladi.

Bunda ushbu shartnoma imzolanganidan so‘ng “E-urug‘” axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olinadi.

“AgroDocs” axborot tizimi orqali tuzilgan shartnomalar o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda bu haqidagi maʼlumotlar “E-urug‘” axborot tizimida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling