Kanadaning "Center for Entertainment Arts" kompaniyasi O'zbekistonda o'z ofisini ochdi
Kanadaning "Center for Entertainment Arts" kompaniyasi O'zbekistonda o'z ofisini ochdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vancouver shahrida joylashgan Center for Entertainment Arts kompaniyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi ishtirokidagi uchrashuvda yoshlar uchun xalqaro ta’lim va kreativ imkoniyatlar muhokama qilindi.
Center for Entertainment Arts (CEA) — animatsiya, VFX, o‘yin dizayni va kino industriyasi yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydigan ta’lim brendi.
Kompaniya amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish modeli bilan 2500 dan ortiq bitiruvchilarni kreativ sanoatga yo‘naltirib kelmoqda.
Bitiruvchilari jumladan Walt Disney Animation Studios, Pixar, DreamWorks Animation va Ubisoft kabi yetakchi studiyalarda faoliyat yuritmoqda.
Kompaniya 3 ta filial orqali faoliyat olib boradi. Ular:
Kompaniyaning bugungi kunda faoliyat yuritayotgan filiallari:
1. Vancouver, Kanada – Asosiy kampus va markaziy ofis, barcha asosiy ta’lim va amaliyot dasturlari shu yerda olib boriladi.
2. Buyuk Britaniya – Film production va kreativ ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro filial.
3. Saudiya Arabistoni – Xalqaro kurslar va dasturlar yetkaziladigan va regional filial.
CEA jamoasi hozirda Saudiya Arabistonida (KSA) taxminan 200 mln dollarlik loyiha doirasida 7 ta film va 7 ta o‘yin ishlab chiqish jarayonida ishtirok etmoqda.
Bu loyiha kompaniyaning global production tajribasi va sanoat bilan integratsiyasini ko‘rsatadi.