Valyuta kurslari 19/01/2026
$1 – 11962.78
UZS – -0,06%
€1 – 13887.59
UZS – -0,29%
₽1 – 153.94
UZS – 0,9%
Qidirish
Kamilla Rahimova Australian Open musobaqasini birinchi davrada Kori Gauffga yutqazib, tark etdi

Kamilla Rahimova Australian Open musobaqasini birinchi davrada Kori Gauffga yutqazib, tark etdi

Kamilla Rahimova Australian Open musobaqasini birinchi davrada Kori Gauffga yutqazib, tark etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Avstraliya ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi. U birinchi davra uchrashuvida turnir favoritlaridan biri hisoblangan amerikalik Kori Gauffga mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv Gauffning ikki setdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 6:2, 6:3. Bellashuv AQSH vakili nazorati ostida o‘tdi.

Shu tariqa, Kamilla Rahimova musobaqani start bosqichida tark etdi, biroq O‘zbekiston terma jamoasi uchun Australian Open davom etmoqda.

Avvalroq asosiy to‘rda Polina Kudermetova muvaffaqiyatli start qilib, birinchi davrada Ispaniya vakilasi ustidan g‘alaba qozongan va musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo‘l olgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling