Valyuta kurslari 18/08/2025
$1 – 12547.38
UZS – -0,27%
€1 – 14665.38
UZS – -0,22%
₽1 – 157.02
UZS – -0,46%
Qidirish
Moliya 11/08/2025 KAFIL-SUG‘URTA ustav kapitaliga 20 mlrd so‘m oshiradi

KAFIL-SUG‘URTA ustav kapitaliga 20 mlrd so‘m oshiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AJ KAFIL-SUG‘URTA ustav kapitalini 60,701 mlrd so‘mdan 80,701 mlrd so‘mgacha oshiradi. Bu haqdagi maʼlumotlar Korporativ axborotning yagona portalida keltirilgan.

Sug‘urta kompaniyasi qiymati 1 000 so‘mdan bo‘lgan 20 mln dona qo‘shimcha oddiy nomli qog‘ozsiz aksiyalar chiqaradi. Emissiyaning umumiy qiymati 20 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Aksiyalar yopiq obuna usulida yagona aksiyador — “KICHIK SANOAT MARKAZI” MCHJga joylashtiriladi. Joylashtirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 365 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Joylashtirish narxi bir aksiya uchun 1 000 so‘m etib belgilangan, to‘lov faqat milliy valyutada, naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquq berilmaydi, shuningdek, anderrayterlar jalb etilmaydi.

Joylashtirish birjadan tashqari bozorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitimlar orqali amalga oshiriladi. Agar chiqarilgan aksiyalarning 60 foizidan kam qismi joylashtirilsa, emissiya amalga oshmagan deb hisoblanadi va sarflangan mablag‘lar investorga qaytariladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling