Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
O‘zbekiston 20/03/2025 Juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutaning mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutaning mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida mamlakatimizdan qo‘shni davlat tomon harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi, 1978 y.t. fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi maʼlum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, u mazkur pul mablag‘ini deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu xorijiy valyutalarni Toshkent shahridagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan yig‘ib, mazkur ayolga bergan – poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1989 y.t. fuqaroning Toshkent tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tish uchun tayyorlab qo‘yilgan 399 ming 170 AQSH dollari borligi ham aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 1 mln. 273 ming 170 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling