Jizzaxda sudya yordamchisi 300 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi 300 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi 300 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kiradi.

Xususan, uni turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin o‘rtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam berish evaziga 300 AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u o‘zining xizmat xonasida so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda sudya yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling