Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Jizzaxda Oʻzbekiston–Vengriya hamkorligida INNO Science Park ochildi

Jizzaxda Oʻzbekiston–Vengriya hamkorligida INNO Science Park ochildi

Jizzaxda Oʻzbekiston–Vengriya hamkorligida INNO Science Park ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jizzax viloyatida Oʻzbekiston va Vengriya hamkorligida tashkil etilgan INNO Science Park ilmiy-innovatsion parkining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Zafar Azimov, Vengriyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Obuda universiteti rektori Levente Kovach, shuningdek, ikki mamlakatning oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

INNO Science Park doirasida muhandislik, energetika, sunʼiy intellekt, mashinasozlik, elektronika va avtomatlashtirish, uchuvchisiz uchish apparatlari, materialshunoslik, kimyoviy texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi hamda tibbiy texnologiyalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, park hududida zamonaviy laboratoriyalar, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubator va akselerator mexanizmlari tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling