Valyuta kurslari 29/08/2025
$1 – 12482.38
UZS – 0,56%
€1 – 14540.72
UZS – 1,07%
₽1 – 155.23
UZS – 0,62%
Qidirish
O‘zbekiston 28/08/2025 Jizzaxda firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi

Jizzaxda firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat tuzilmalarida korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining Jizzax shahar bo‘limi nazoratchisi taʼlim va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan ikkita MCHJ faoliyatida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi va jarimalarni o‘zining tanishlari yordamida kamaytirib berish evaziga 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u “xolis xizmatni” joriy yilning iyun oyiga qadar soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan tanishi orqali hal qilib berishi kerakligi aniqlanib, mazkur shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling