Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
Jizzax viloyatidagi bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari orasida ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari qayd etildi

Jizzax viloyatidagi bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari orasida ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari qayd etildi

Jizzax viloyatidagi bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari orasida ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari qayd etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jizzax viloyatining Forish tumanida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ommaviy oziq-ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi.

Tuman hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, 9 oktyabr kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar bola — 1-, 3-, 5- va 7-sonli bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari tibbiy yordamga murojaat qilgan. Bolalar isitma, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, ich ketishi va zaiflikdan shikoyat qilgan.

«Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan epidemiologik surishtiruv davomida murojaat qilib kelgan bolalar 2025 yil 8 oktyabr kuni maktabgacha taʼlim muassasalarida biokefir, sir va sariyog‘ kabi mahsulotlari isteʼmol qilishganligi aniqlanib, ularga anamnez va birinchi tekshiruvlar asosida “o‘tkir diareya” tashxisi qo‘yildi», — deyiladi rasmiy bayonotda. Barcha jabrlangan bolalarga shifoxona sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Aniqlanishicha, Jizzax viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining dastlabki xulosasiga asosan Forish tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ommaviy zaharlanish yuzaga kelishida oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash, ishlov berish jarayonlaridagi sanitariya qoida va normalarining buzilishi holatlari mavjudligi sababli inson organizmida oshqozon ichak hazm qilish tizimining buzilishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan 082352/2025-24-fg sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar berdi tuman hokimligi axborot xizmati.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling