Valyuta kurslari 03/02/2026
$1 – 12242.17
UZS – 0,14%
€1 – 14522.89
UZS – -0,26%
₽1 – 159.90
UZS – -1,3%
Qidirish
Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqaruvi takomillashtiriladi

Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqaruvi takomillashtiriladi

Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqaruvi takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqaruvini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasining umumiy shtat birliklari doirasida quyidagi lavozimlar kiritiladi:

hokimning tog‘li hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

hokimning dasht va cho‘l hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2026 yildan yangi kiritilayotgan viloyat hokimi o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholashda natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bunda:

ularga KPI ko‘rsatkichlarini belgilashda tegishli hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha strategik ko‘rsatkichlar va maqsadli indikatorlar ko‘zda tutiladi;

KPI ko‘rsatkichlari tasniflanadi (strategik, hudud va tuman), ularning o‘zaro mutanosibligi taʼminlangan holda ishlab chiqiladi;

ularning KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida belgilangan maqsadlarga erishganlik darajasi va natijadorligi bilan baholanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling