Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
Jizzax va Qoraqalpog‘istonda amaldorlar pora bilan ushlandi

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda amaldorlar pora bilan ushlandi

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda amaldorlar pora bilan ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tabdirda hokimiyat vakilining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Zarbdor tumani hokimligi bosh mutaxassisi o‘z xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, 1983 y.t. fuqaroning yashash xonadoniga tutash bo‘lgan, davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali auksion savdoda yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jayli tumani hokimligi bosh mutaxassisi hamda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi o‘zaro til biriktirib, mahalliy fermer xo‘jalik rahbari noqonuniy ravishda 250 mln so‘mga sotishni rejalashtirgan 41,6 gektar yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarmasdan va auksion savdolariga chiqarmasdan xorazmlik tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling