Valyuta kurslari 04/09/2025
$1 – 12374.55
UZS – -0,39%
€1 – 14425.01
UZS – -0,23%
₽1 – 153.13
UZS – -0,76%
Qidirish
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga doir qonun muhokama qilindi

Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga doir qonun muhokama qilindi

Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga doir qonun muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Maʼlumki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Norma ijodkorligi faoliyatida huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan hamda huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Shu bilan birga, senatorlar huquqni qo‘llashda yagona amaliyotni taʼminlashga to‘sqinlik qiluvchi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi hamda aholi va tadbirkorlarning ortiqcha sarson bo‘lishiga sabab bo‘lgan ayrim normalarni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati yuzaga kelayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Mazkur Qonun bilan 12 ta qonun hujjatiga, xususan, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Taʼlim to‘g‘risida”gi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Senatorlar o‘z chiqishlarida ushbu Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini taʼminlashga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga xizmat qilishiga eʼtibor qaratdi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling