Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlar tartibga solindi

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlar tartibga solindi

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlar tartibga solindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1123-son.) qabul qilindi.

Ushbu Qonunning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Qonunga ko‘ra, fuqarolar havaskorlik sporti, shuningdek professional sport bilan sportchi, trener, sport hakami sifatida shug‘ullanish huquqiga ega.

Sport klubi sport faoliyati bilan shug‘ullanish, sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek sportchilarni musobaqalarga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.

Sportchi pasporti yagona namunadagi hujjat bo‘lib, sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda sport malakasini tasdiqlaydi.

Sport turi qoidalariga va sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun vakolat berilgan jismoniy shaxs sport hakamidir.

Davlat tomonidan sportchi hamda trenerlarga bir martalik va oylik to‘lov (stipendiya, nafaqa va boshqalar) shaklidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etilishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling