Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
Jinchuan Group va uning hamkorlari O‘zbekistonda foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashga sarmoya kiritish niyatida

Jinchuan Group va uning hamkorlari O‘zbekistonda foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashga sarmoya kiritish niyatida

Jinchuan Group va uning hamkorlari O‘zbekistonda foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashga sarmoya kiritish niyatida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoy Xalq Respublikasining yirik sanoat korxonalari - Jinchuan Group, Baide Chemical va Shandong Junan Ecological Agriculture Technology vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatida foydali qazilmalarni qazib olish va ularni chuqur qayta ishlash sohasida hamkorlik istiqbollari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda tegishli infratuzilmani rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida loyiha lokatsiyalariga tashrifni tashkil etish, dastlabki o‘rganishlarni o‘tkazish va kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Jinchuan Group — Xitoydagi eng yirik sanoat korporatsiyalaridan biri bo‘lib, mamlakatning eng yirik 500 kompaniyasi qatoriga kiradi.

Kompaniya rangli va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan, jahon bo‘yicha nikel ishlab chiqarishda 3-o‘rinda, kobalt ishlab chiqarishda esa 4-o‘rinda turadi. Yiliga 1 million tonnadan ortiq rangli metall mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling