Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Jim Rojers AQSHdagi barcha aksiyalarini sotdi va O‘zbekiston aktivlariga investitsiya kiritdi

Jim Rojers AQSHdagi barcha aksiyalarini sotdi va O‘zbekiston aktivlariga investitsiya kiritdi

Jim Rojers AQSHdagi barcha aksiyalarini sotdi va O‘zbekiston aktivlariga investitsiya kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Taniqli amerikalik investor Jim Rojers AQSH fond bozoridan to‘liq chiqib, o‘ziga tegishli barcha aksiyalarni sotgani va kapitalining bir qismini O‘zbekiston aktivlariga yo‘naltirgani haqida maʼlum qildi. RBK yozishicha, u bu haqda «RBK Investitsiyalar» va «Radio RBK»ga bergan yillik yangi yil intervyusida aytgan.

Rojersning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror AQSH bozorida ehtimoliy korreksiya va iqtisodiy o‘sish surʼatlarining sekinlashishi bo‘yicha xavotirlar bilan bog‘liq. 2025 yilda keng bozor indeksi S&P 500 16 foizdan ortiqka o‘sib, 6845,49 punktga yetgan. Tarixiy eng yuqori ko‘rsatkich 26 dekabr kuni qayd etilgan bo‘lib, u 6945,77 punktni tashkil etdi, bu esa 2024 yil oxiriga nisbatan 18,1 foizga yuqori.

«Amerika bozori yaqinda tarixiy maksimumlarga yetdi. U 2009 yildan beri o‘sib kelmoqda — bu AQSH tarixidagi eng uzoq davom etgan o‘sish davridir. Men Amerikadagi barcha aktivlarimni sotdim, chunki meningcha, bu sikl o‘z yakuniga yaqinlashmoqda. Balki yana bir yirik o‘sish bo‘lishi mumkin, ammo men AQSHda bor narsamning barchasini sotdim», — dedi investor.

Rojers bitimlarning aniq sanasini aytmadi, faqat ular 2025 yil oxiriga yaqin amalga oshirilganini taʼkidladi.

Shu davr atrofida investor o‘z portfeliga o‘zbek kompaniyalari aksiyalarini ham qo‘shgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u «mahalliy birjada savdo qilinayotgan aksiyalarning deyarli barchasini» sotib olgan. Ayni paytda “Toshkent” respublika fond birjasida bank, neft-gaz, telekommunikatsiya va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini ifodalovchi 85 ta emitent aksiyalari muomalada.

Rojers O‘zbekiston fond bozoriga qiziqishini yana 2021 yildayoq bildirgan, ammo o‘sha paytda bu yurisdiksiyada aktivlarga egalik qilmagan. U Forbes nashriga bergan intervyusida mamlakat iqtisodiyotining ochilishi, xususiylashtirish va IPO rejalari xalqaro investorlar tomonidan katta qiziqish uyg‘otishi mumkinligini taʼkidlagan edi.

Rojers o‘z portfelida faqat o‘zbek kompaniyalari aksiyalari mavjudligini alohida qayd etdi, mamlakatning suveren obligatsiyalarini esa sotib olmagan. Shu bilan birga, investor O‘zbekiston milliy valyutasiga ishonch bildirib, so‘m bo‘yicha valyuta xavflarini xedj qilmaganini maʼlum qildi.

Ayni paytda Rojers Xitoy kompaniyalari aksiyalarini ushlab turganini ham tasdiqladi. Xususan, u avvalroq Air China va China Eastern aviakompaniyalari aksiyalariga egaligini aytgan edi. Biroq bozorning jadal o‘sishi fonida xitoy aktivlaridan chiqish ehtimolini ham istisno qilmadi.

«Xitoy bozori so‘nggi paytlarda deyarli to‘xtovsiz o‘smoqda. Balki menga bu aksiyalarni sotishga to‘g‘ri kelar, chunki hamma narsa qimmatlashyapti. Hozircha o‘ylab ko‘ryapman», — deya xulosa qildi u.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling