JICA “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida nasosli akkumulyator elektr stansiyalarini loyihalash va ulardan foydalanish boʻyicha seminar oʻtkazdi
JICA “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida nasosli akkumulyator elektr stansiyalarini loyihalash va ulardan foydalanish boʻyicha seminar oʻtkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida yaponiyalik ekspertlar ko‘magida gidroto‘plash elektr stansiyalarini (GTES) qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mahalliy mutaxassilarni tayyorlash va kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur kelishuv doirasida joriy yilning 29-yanvar kuni “O‘zbekgidroenergo” AJda yaponiyalik ekspertlar tomonidan GTESlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil bo‘lib o‘tdi.
JICA ekspertlari tomonidan GTES va uning asosiy afzalliklari, loyihalashtirish va qurilishning moliyaviy-iqtisodiy qiymati, iqtisodiy tahlil, xarajatlarni minimallashtirish, qurilish jadvali va sifat ko‘rsatkichlari nazorati, GTES va BESS (energiya to‘plash akkumulyator tizimi) solishtirmasi, o‘rnatiladigan elektrik va mexnik qurilmalar tasnifi, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish borasida zaruriy maʼlumot berildi.