JICA delegatsiyasi yuqumli bo'lmagan kasalliklarning oldini olish loyihasi natijalari bilan tanishdi
JICA delegatsiyasi yuqumli bo'lmagan kasalliklarning oldini olish loyihasi natijalari bilan tanishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yilning 1–6-fevral kunlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi amalga oshirilmoqda.
Tashrifning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish uchun yaratilgan sharoitlar hamda nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklarni erta reabilitatsiya qilish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar natijalarini baholash, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda tajriba almashishni kuchaytirishdan iborat.
Tashrif doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
“Noinfeksion kasalliklarning oldini olish va ularni nazorat qilish” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar;
Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazida reabilitatsiya xizmatlarini rivojlantirish loyihasida Agentlik ishtirokining asosiy yo‘nalishlari;
Ikki tomonlama hamkorlik doirasida nogironlikni oldini olish maqsadida erta reabilitatsiya qilish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.
Delegatsiya a'zolari shuningdek, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi faoliyati bilan tanishishni reja qilgan.