Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
“Jefferies” kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining IPOsini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Nyu-York shahridagi ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jefferies” kompaniyasi rahbari Brayan Fridman bilan uchrashdi.
“Jefferies” AQSHning yetakchi mustaqil investitsiya kompaniyalaridan biri hisoblanib, uning aktivlari qariyb 65 milliard dollarni tashkil etadi.
Mazkur kompaniya O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini rivojlantirish va uning aktivlarini IPO orqali realizatsiya qilish uchun strategik investorlarni jalb etishda ishtirok etadi.
#Shavkat Mirziyoyev