JCH: O‘zbekistonlik bokschilar ishonchli g‘alabalarga erishmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Liverpulda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida ishonch bilan ishtirok etishni davom etmoqda.
Feruza Kazakova chorak finalga yo‘l oldi. Bokschimiz -51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda braziliyalik Karoline De Almeidani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Sitora Turdibekova italiyalik Rebekka Nikoliga hech qanday imkon qoldirmadi. 5:0.
Mirazizbek Mirzahalilov -55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, eronlik Mehdi Kazemini qiyinchisiliksiz mag‘lub etdi.
Javohir Ummataliyev ham chorak finalda! Bokschimiz -80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Janubiy Koreylik Kim Minseongdan 5:0 hisobida ustun keldi. Endi Javohir chorak finalda qozog‘istonlik Nurbek Oralbayga qarshi jang o‘tkazadi.
Sabina Boboqulova ham chorak finalga yo‘l oldi. Bokschimiz bu yo‘lda -48 kg vaznda polshalik Angelika Kristoforskaga imkon qoldirmadi.
G‘alaba va yarim final! Aziza Zokirova -70 kg vaznda yarim finalga yo‘l oldi. Bokschimiz chorak finalda germaniyalik Leoniye Muyellerni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Aziza bu bilan medalni naqd qildi.
Shodiyorjon Meliqo‘ziyevdan ajoyib g‘alaba! Bokschimiz -50 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bahsda, avstraliyalik Omer Izazni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Shodiyor jang davomida raqibini nokdaunga ham tushirdi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham yarim final uchun bahs olib boradi. Bokschimiz bugungi o‘z uchrashuvida, -65 kg vaznda finlyandiyalik Ismail Umarni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. 5:0. Unga endi, chorak finalda 10 sentyabr kuni qozog‘istonlik Ertug‘an Zeynulinov raqiblik qiladi.