Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
JCH-2026 qurʼa tashlash: O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan K guruhidan joy oldi

JCH-2026 qurʼa tashlash: O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan K guruhidan joy oldi

JCH-2026 qurʼa tashlash: O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan K guruhidan joy oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy futbol jamoasi 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oldi.

Qurʼa tashlash marosimi Vashington shahrida o‘tdi va unda AQSH va Meksika prezidentlari, Kanada bosh vaziri, mashhur futbolchilar hamda milliy jamoalar murabbiylari, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirok etdi.

Qurʼa natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan birga K guruhiga tushdi. Shuningdek, guruhda Yangi Kaledoniya, Yamayka va Kongo o‘rtasidagi pley-off g‘olibi ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston terma jamoasi birinchi uchrashuvini 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. 23 iyunda Portugaliyaga qarshi o‘yin bo‘ladi, guruh bosqichidagi so‘nggi bellashuv esa 27 iyunda o‘tkaziladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling