Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Javohir Sindarov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Afrika Respublikasida o‘tayotgan nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Final turnirining birinchi turida Javohir Sindarov oq figuralar bilan o‘ynab, Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi.
Ikkinchi raundda o‘zbekistonlik shaxmatchi nemis grossmeysteri Vinsent Kaymerga qarshi durang qayd etdi.
Taʼkidlash joizki, bugungi o‘yin kuni Sindarovning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi. Jahon Kubogining eng yosh sovrindori 2005 yil 8 dekabrda tug‘ilgan bo‘lib, o‘zining 20 yilligini nishonlamoqda.