Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Jasur Xo‘jayev jahon chempioni bo‘ldi

Jasur Xo‘jayev jahon chempioni bo‘ldi

Jasur Xo‘jayev jahon chempioni bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston paraatletika terma jamoasi Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida yana bir medalga ega chiqdi.

Hamyurtimiz Jasur Xo‘jayev erkaklar o‘rtasida yadro otish bo‘yicha F32 toifasida final bellashuvida ishtirok etdi va mavsumdagi eng yaxshi natijasi — 9,96 metrni qayd etib, jamoamiz xazinasiga oltin medalni olib kirdi.

Erkaklar o‘rtasida yadro otish finalida (F32) natijalar quyidagicha taqsimlandi: Jasur Xo‘jayev (O‘zbekiston) — 9,96 metr, Atanacios Konstantinidis (Gretsiya) — 9,65 metr, Moxamed Nadjib (Jazoir) — 9,56 metr.

Shuningdek, jamoamizning boshqa sportchilari ham muvaffaqiyatli qatnashishdi: Yorqinbek Odilov va Ilhom Turg‘unov F57 toifasida disk otish finaliga yo‘l olishdi, Faxriddin Xamrayev esa T12 toifasida 400 metrga yugurish musobaqasining hal qiluvchi bosqichiga chiqdi.

Hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 8 ta medal mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling