Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
Janubiy Koreyaning Mom‘s Touch tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Janubiy Koreyaning Mom‘s Touch tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Janubiy Koreyaning Mom‘s Touch tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning fastfudga ixtisoslashgan Mom‘s Touch kompaniyasi o‘zbekistonlik One Food kompaniyasi bilanfranshiza shartnomasi tuzib, joriy yilda Toshkentda o‘zining ilk restoranini ochadi. Bu haqda dushanba kuni Mom‘s Touch xabar berdi.

Shartnoma Mom‘s Touch bosh direktori Kim Don-jon va One Food rahbari Zafar Xo‘jayev tomonidan Seul shahridagi Chun-gu tumanida joylashgan Mom‘s Touch and Company xolding shtab-kvartirasida imzolandi. One Food franshizani amalga oshirish maqsadida o‘zbekistonlik logistika kompaniyasi UHL tomonidan maxsus tashkil etilgan.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, tarmoq O‘zbekistonda 60 ta restoran ochishni rejalashtirmoqda, bu hozircha Toshkentda qovurilgan tovuq va burger bozorida yetakchi bo‘lib turgan KFC nuqtalari sonidan ikki barobar ko‘p. Mom‘s Touch‘ning poytaxtdagi ilk restorani shu yilning o‘zida ishga tushishi kutilmoqda.

Janubiy Koreya kompaniyasi ushbu kelishuvni Markaziy Osiyo bozorlariga, jumladan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga, shuningdek Rossiya va Yaqin Sharq davlatlariga halol taomlar bilan kengayish boshlanishi sifatida baholamoqda.

Zafar Xo‘jayevning taʼkidlashicha, O‘zbekiston isteʼmolchilari hozircha Koreyadagidek qovurilgan tovuqni unchalik faol tanlamaydi, shuning uchun faqatgina ushbu yo‘nalishdagi taomlar muvaffaqiyatli savdo uchun yetarli emas. «Biz faqat tovuq va burgerdan kengroq assortiment taklif etadigan brend izlagan edik. Mom‘s Touch eng raqobatbardosh variantdek tuyuldi», — dedi u.

Kompaniya vakillari qayd etishicha, tovuq taomlariga ixtisoslashuv o‘zbekiston bozorida yaxshi istiqbol ochadi, chunki aholining 88 foizi islom diniga eʼtiqod qiladi va cho‘chqa go‘shtini isteʼmol qilmaydi. «Bu kelishuv Koreya fastfud tarmog‘i Markaziy Osiyo bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv emas, balki master-franshiza orqali kirishiga oid ilk holat bo‘ldi», — dedi Mom‘s Touch vakili.

Mom‘s Touch Janubiy Koreyadagi eng yirik tezkor ovqatlanish tarmog‘ini boshqaradi — 1 460 ta maskan. Chet ellarda esa brend Tailand, Mongoliya, Yaponiya va Laosda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling