Valyuta kurslari 10/02/2026
$1 – 12320.34
UZS – 0,14%
€1 – 14614.39
UZS – 0,73%
₽1 – 159.36
UZS – -0,25%
Qidirish
Janubiy Koreyaning KTL kompaniyasi “Oʻzeltexsanoat” bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va mahsulotlarni sertifikatlash masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning "Korean Testing Laboratory" (KTL) delegatsiyasi "O'zeltexsanoat" uyushmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tomonlar elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, sinov va sertifikatlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar, jumladan, texnik salohiyatni oshirish, kadrlar malakasini rivojlantirish va grant asosidagi ODA dasturlari orqali ko‘maklashish masalalari ham muhokama etildi.

Tomonlar hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash va keyingi qadamlar bo‘yicha kelishib oldilar.

Tashrif doirasida KTL vakillari uyushma huzuridagi Eltechlab laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mavjud sinov infratuzilmasi va texnik imkoniyatlarni yuqori baholadilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling