Janubiy Koreyadagi zavoddagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmadi

Janubiy Koreyadagi zavoddagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmadi

Janubiy Koreyadagi zavoddagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, Koreya Respublikasining Techjon shahrida joylashgan avtomobil butlovchi qismlari zavodida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida fuqarolar orasida hech qanday o‘lim yoki jarohatlar bo‘lmaganini maʼlum qildi.

Vaziyat O‘zbekiston TIVning Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan doimiy nazoratga olingan. Ishlar Janubiy Koreyadagi diplomatik vakolatxona orqali tegishli idoralar bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda.

Zarur hollarda fuqarolar Koreya Respublikasidagi O‘zbekiston elchixonasiga quyidagi tezkor aloqa raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin:

Telefonlar: +82 10 3213 4505, +82 10 2909 4334

Elektron pochta: uz.embassy.seoul@gmail.com, uzconsul@naver.com

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling