Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Janubiy Koreya Oʻzbekistonga davlat xaridlari tizimiga sunʼiy intellektni joriy etishda yordam beradi

Janubiy Koreya Oʻzbekistonga davlat xaridlari tizimiga sunʼiy intellektni joriy etishda yordam beradi

Janubiy Koreya Oʻzbekistonga davlat xaridlari tizimiga sunʼiy intellektni joriy etishda yordam beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 26–27-noyabr kunlari Seul shahrida Koreya Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Janubiy Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun tashkil etilgan “Davlat xaridlari” mavzusida xalqaro seminar-konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat xaridlari siyosati departamenti direktori Sarvar Nazarov Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida ishtirok etdi.

Tadbirda 10 dan ortiq mamlakat va 100 yaqin xorijiy hamda koreyalik mutaxassislar ishtirok etdi.

26-noyabr kuni Sarvar Nazarov ishtirokchilar eʼtiboriga Oʻzbekistonda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari va kelgusi strategik rejalar haqida taqdimotni havola qildi. Shu kuni B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar ham oʻtkazildi.

Konferensiya doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi va Koreya Respublikasi Davlat xaridlari xizmati (PPS) oʻrtasida alohida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida delegatsiya tomonidan mamlakatimizda oxirgi yillarda davlat xaridlari sohasida elektron davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, ochiqlikni taʼminlash va raqobatni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, davlat xaridlari jarayonlarini sunʼiy intellekt orqali avtomatlashtirish va tahlilni chuqurlashtirish, xarid jarayonlarida korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirish, masʼuliyat va javobgarlikni oshirish, xalqaro standartlarga mos nazorat mexanizmlarini joriy etish ishlari alohida taʼkidlab oʻtildi.

Muzokaralar yakunida davlat xaridlari sohasida sunʼiy intelekt texnologiyalarini joriy etish, sohani raqamlashitirish, mutaxassislarni tayyorlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va korrupsiyaga qarshi tizimli mexanizmlarni joriy etish boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga tomonlar oʻrtasida “yoʻl xarita” ishlab chiqish muhimligi qayd etilib, ushbu hujjat kelgusida ikki mamlakat davlat xaridlari sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustaxkamlashini, davlat xaridlari tizimini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishda muhim qadam boʻlishini taʼkidladilar.

Tomonlar oʻzaro muloqot va tajriba almashishni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdilar.

Koreya Respublikasi - dunyodagi eng ilgʻor elektron xaridlar tizimiga ega mamlakat. Ularning KONEPS platformasi sunʼiy intelekt orqali tenderlardagi xatarlarni aniqlaydi, soxta takliflarni filtrlaydi va milliardlab byudjet mablagʻlarini tejaydi. Koreya Respublikasi Davlat xaridlari xizmati (PPS) — elektron xaridlar, tenderlarni avtomatlashtirilgan monitoring qilish va innovatsion xaridlar boʻyicha jahonda yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling