Janubiy Koreya farmatsevtika kompaniyalari O'zbekistonda ishlab chiqarishni kengaytirishga qiziqish bildirishdi
Janubiy Koreya farmatsevtika kompaniyalari O'zbekistonda ishlab chiqarishni kengaytirishga qiziqish bildirishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Koreyaga xizmat safari davomida ushbu mamlakatning «Daehan Pharm», «Kunil Pharm», “Corepharm”, «JW Holdings», “MetaOnTech”, «Sungsim Eng» va “Firson” farmatsevtika kompaniyalari bilan amaliy muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar natijasida «Daehan Pharm» va «JW Holdings» kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirishga qiziqish bildirib, xususan «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasterida infuzion eritmalar, inyeksiyalar hamda kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqishga tayyorligini maʼlum qildi. Mazkur yo‘nalishda muzokaralar belgilangan tartibda davom ettiriladi.
Shuningdek, «Sungsim Eng» kompaniyasi mahalliy hamkor topishda ko‘mak berish va o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.