Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari yakunlandi, 11-maydan suv ta’minoti tiklanadi

Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari yakunlandi, 11-maydan suv ta’minoti tiklanadi

Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari yakunlandi, 11-maydan suv ta’minoti tiklanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-may kuni olib borilayotgan avariyaviy-tiklash ishlari doirasida, kecha Janubiy Farg‘ona kanalida yuz bergan texnogen vaziyat – kanal qirg‘og‘ining yemirilishi tufayli sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatlari bartaraf etildi, suv oqimi to‘xtatilib, kanalning yemirilgan qirg‘oqlari mustahkamlandi.

Kecha tashkil etilgan tunu-kun rejimidagi avariyaviy-tiklash ishlari doirasida, 230 dan ortiq ishchi kuchi, 40 ga yaqin texnika jalb qilinib, 2000 m3 dan ortiq tuproq va tosh ishlari, 300 m3 dan ortiq beton-armatura ishlari bajarildi.

Aytish lozimki, safarbar qilingan kuchlar, amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida qisqa soatlar ichida suv toshqini bartaraf qilindi, kanal qirg‘oqlari mustahkamlanib, to‘liq tiklandi.

Amalga oshirilgan beton ishlari kanal qirg‘oqlari mustahkamligini to‘liq taʼminlagandan so‘ng, kanaldagi suv oqimi 11-may kuni tiklanadi hamda odatdagi rejimda ishlashni davom ettiradi.

Buloqboshi tumani “Sarvontepa” mahallasini avvalgidan ham obod qilish, mahalla hududi yo‘llarini asfaltlash, aholi uy-joylarini taʼmirlash ishlari tashkil etilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling