Valyuta kurslari 18/11/2025
$1 – 12009.92
UZS – -0,25%
€1 – 13933.91
UZS – -0,42%
₽1 – 147.80
UZS – -0,92%
Qidirish
Jamshid Xodjayev OTB bilan yangi loyihalar va 2030-yilgi strategiyani muhokama qildi

Jamshid Xodjayev OTB bilan yangi loyihalar va 2030-yilgi strategiyani muhokama qildi

Jamshid Xodjayev OTB bilan yangi loyihalar va 2030-yilgi strategiyani muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17-noyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ISSV vazirining o‘rinbosari Akram Aliev ham ishtirok etdi. Tomonlar O‘zbekiston - OTB samarali munosabatlarining 30 yilligini qayd etib, hamkorlik natijalari va kelgusidagi yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Ta’kidlanganidek, hamkorlik transport, energetika, suv ta’minoti, ta’lim, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston tomoni aholining turmush sifatini oshirishga qaratilgan loyihalardagi ko‘magi uchun OTBga minnatdorlik bildirdi.

2026-yil may oyida Samarqandda o‘tadigan OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik muhokama qilindi. Ushbu jarayonini muvofiqlashtirish uchun qo‘shma yo‘l xaritasini tasdiqlash taklif etildi.

Shuningdek, moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish, iqtisodiy zonalar infratuzilmasini rivojlantirish, ayollar va yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni rag‘batlantirish kabi o‘rta muddatli tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar 2026–2030-yillar uchun yangi Hamkorlik dasturi bo‘yicha ham fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida maktablarda STEM-ta’limni modernizatsiya qilishga qaratilgan “O‘rta ta’limda STEM” loyihasi uchun 100 mln dollarlik kredit kelishuvi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling