Jamshid Avloniy: “Olgan bilimim va to‘plagan tajribalarim bilan bo‘lishish istagida yana ona yurtimga qaytdim”
Jamshid Avloniy: “Olgan bilimim va to‘plagan tajribalarim bilan bo‘lishish istagida yana ona yurtimga qaytdim”
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan va maʼrifat rivojiga xizmat qilayotgan tashabbuslar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Xususan, taʼlim sifatini oshirish, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotini taʼminlash, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qilmoqda.
Ana shunday tashabbuslarning natijasi sifati ulug‘ jadid va buyuk maʼrifatparvar Abdulla Avloniyning nabirasi — professor Jamshid Avlonining o‘z ilmiy va amaliy faoliyatini aynan O‘zbekistonda davom ettirish qarori yorqin dalildir.
Professor Jamshid Avloni polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi bo‘yicha yetuk olim bo‘lib, 2015 yildan buyon AQSHdagi ConTex LLC kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelmoqda edi.
U 2018 yilda Davlatimiz rahbarining ilm-fanga oid daʼvatlariga javoban yurtimizga qaytib, o‘z bilim va tajribasini Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlashni maqsad qilgan. Eʼtiborlisi, olim o‘z faoliyatini davom ettirish uchun Olmaliq davlat texnika institutini tanladi.
U institut magistrlari va talabalari uchun sanoatdagi innovatsiyalar yo‘nalishida taʼlim berishidan hamda zamonaviy laboratoriyalarda yoshlar bilan birgalikda ishlashidan mamnun ekanligini bildirdi.
Kimyo sohasidagi yirik ilmiy ishlari bilan tanilgan Jamshid Avloni Nobel mukofoti sovrindori Alan Makdiarmid bilan birgalikda ko‘plab ixtirolar ustida ishlagan.
Uning O‘zbekistondagi faoliyati Vatanimiz yoshlari uchun katta ilhom va yangi imkoniyatlar manbai bo‘lishi shubhasiz.