Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
Jakartada Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti va qoʻshma investitsiya loyihalari boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi

Jakartada Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti va qoʻshma investitsiya loyihalari boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi

Jakartada Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti va qoʻshma investitsiya loyihalari boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 2 fevral kuni mamlakatimizning Indoneziya Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida BMB HOLDING Taʼsischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Jakarta shahrida Indoneziya oziq-ovqat va ichimliklar sanoati assotsiatsiyasi raisi Adhi Lukman hamda ushbu mamlakatning eng yirik tadbirkorlari sanalgan Arena Group Andalan kompaniyasi Prezidenti Viyanto Alamisah bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Indoneziya oziq-ovqat va ichimliklar sanoati assotsiatsiyasi mamlakatdagi ushbu sohada faoliyat yurituvchi 400ga yaqin kompaniyalarni bir yerga jamlagan bo‘lib, sohaviy standartlar va sifat nazorati tizimini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va biznes hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga ixtisoslashgan tashkilotdir.

Arena Agro Andalan kompaniyasi esa Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida oziq-ovqat ingrediyentlarini ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanib, yillik quvvati 500 ming tonnadan ortiq turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatiga ega.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda istiqbolli qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Shu bilan birga, ikki mamlakat o‘rtasidagi mavjud salohiyatni inobatga olgan holda, joriy global va mintaqaviy iqtisodiy sharoitlarda kompaniyalar salohiyatidan kelib chiqib, yangi yo‘nalishlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan mexanizmlarni shakllantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Konstruktiv va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida B.Mamatqulov muhokama qilingan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida indoneziyalik hamkorlarni mamlakatimizga taklif qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling