Valyuta kurslari 04/09/2025
$1 – 12374.55
UZS – -0,39%
€1 – 14425.01
UZS – -0,23%
₽1 – 153.13
UZS – -0,76%
Qidirish
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan qonun ko‘rib chiqildi

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan qonun ko‘rib chiqildi

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan qonun ko‘rib chiqildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning yalpi majlisida “Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonlari yana-da jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qizg‘in muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining JSTga aʼzo bo‘lishi doirasida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish tashkilotga aʼzo bo‘lishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish hamda tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish hamda tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishga davlat boji miqdorlarini belgilash bilan bog‘liq qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Muhokama jarayonida senatorlar mazkur Qonun qora va rangli metall parcha va chiqindilari hamda tabiiy gaz savdosi sohasiga xususiy sektorni va yangi innovatsiyalar va investitsiyalarni jalb etishga, shuningdek, raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga xizmat qilishi xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling