Jahon fintex yetakchilari Oliver Xyuz boshchiligidagi “TBC Digital” AJ Kuzatuv kengashiga qo‘shildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — TBC Uzbekistan CEO Nika Kurdiani rahbarligidagi boshqaruvchi kompaniya — “TBC Digital” AJ (“TBC Digital”)da Kuzatuv kengashi shakllantirilganini e’lon qiladi. TBC Digital’ga TBC PLC (79,7%), XMK (10,15%) va YTTB (10,15%) birgalikda egalik qiladi.
Tashkil etilayotgan TBC Digital Kuzatuv kengashi tarkibiga fintex va global investitsiyalar sohasida xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassislar a’zo bo‘lgan. Ularning kelishi bilan boshqaruv sifati yangi bosqichga ko‘tariladi va kompaniya jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston bozorida strategik rivojlanishini davom ettiradi. Kuzatuv kengashi raisi etib TBC Bank Group xalqaro biznes yo‘nalishi rahbari Oliver Xyuz tayinlandi. Shuningdek, u MENA mintaqasida moliyaviy xizmatlar va xaridlar uchun dastur ishlab chiqaruvchi Tabby kompaniyasining Direktorlar kengashi tarkibiga a’zo. U raqamli bank sohasida katta tajribaga ega. Ilgari Tinkoff banki boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan va uning rahbarligi ostida iste’mol kreditlari yo‘nalishiga ixtisoslashgan startap kompaniya dunyodagi eng muvaffaqiyatli va daromadli raqamli moliyaviy ekotizimlardan biriga aylangan. Unga qadar esa Rossiyada Visa International kompaniyasini boshqargan.
Oliver Xyuz: “Men TBC Digitalda yangi lavozimga kirishganimdan xursandman va har biri fintex, bank xizmatlari va investitsiyalar sohasida noyob malakalarga ega bo'lgan Kuzatuv kengashidagi hamkasblarimni qutlayman. Bugungi kunda O‘zbekiston — raqamli bank uchun dunyodagi eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Biz yangi tashkil etilgan Kuzatuv kengashining tajribali a’zolari bilan birgalikda, yangi avlod fintex yechimlarini yaratish orqali, O‘zbekistonga jahon fintex maydonida munosib o‘rin egallashiga yordam beramiz. TBC Digital’ning ta’sis etilishi va Kuzatuv kengashining shakllantirilishi TBC Uzbekistan’ning barqaror o‘sishi va aksiyadorlarimiz uchun qo‘shimcha qiymat yaratish uchun mustahkam poydevor yaratishga imkon beradi. Kuzatuv kengashining umumiy strategik rahbariyati TBC Uzbekistan faoliyatini yanada muvaffaqiyatli kengaytirishga yordam beradi”.
Kuzatuv kengashi a’zolari:
Devid Nangl, VEF kompaniyasi bosh direktori va hammuassisi, XMK hamda YTTB vakillari tomonidan nomzodi ilgari surilgan. VEF — Stokgolm Fond birjasida ro‘yxatga olingan ushbu investitsiya kompaniyasi rivojlanayotgan bozorlarning tez o‘sayotgan fintex loyihalariga ixtisoslashgan. VEFda o‘n yillik faoliyati davomida Devid Nangl ilg‘or fintex innovatsiyalarini rivojlantirishda bevosita ishtirok etdi va rivojlanayotgan bozorlarda, xususan, Braziliya, Hindiston, Turkiya va Meksikada istiqbolli moliyaviy qarorlarga investitsiyalar oqimini ta’minladi. U avval Renaissance Capital’da moliyaviy tadqiqotlar bo‘limi rahbari, shuningdek, ING Barings kompaniyasida EMEA mintaqasi bo‘yicha shunga o‘xshash yo‘nalish rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Rivojlanayotgan bozorlarda moliyaviy xizmatlar sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega.
Metyu Risli, QED Investors kompaniyasining faxriy hamkori. Ushbu yetakchi Amerika venchur kompaniyasi moliyaviy sektorning innovatsion loyihalariga sarmoya kiritish bilan shug‘ullanadi. QED’ga qo‘shilguniga qadar Metyu Risli Klarna to‘lov xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli Yevropa startapida moliya direktori va kreditlash bo‘yicha direktor lavozimlarida ishlagan. Avvalroq u Treliant Risk Advisors ixtisoslashgan konsalting firmasi tarkibida fintex kompaniyalari hamda moliya bozorining yirik ishtirokchilariga strategiya va xatarlarni boshqarish bo‘yicha maslahatlar bergan. Kasbiy faoliyatini esa iste’mol kreditlash sohasida inqilob qilgan Capital One’da boshlagan. Ushbu kompaniya birinchi bo‘lib to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlarga asoslangan marketing vositalaridan foydalangan. Keyinchalik bu yondashuv ko‘plab zamonaviy global fintex platformalari va raqamli banklar tomonidan faol qo‘llanila boshlangan.
Devid Nangl: “Men uchun TBC Digital Kuzatuv kengashiga tayinlanish katta sharafdir. Men 2014-yilda TBC Bank IPO’ni tayyorlashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan edim. TBC O‘zbekistonda faoliyat boshlagandan beri, men kompaniya ushbu istiqbolli va tez rivojlanayotgan bozorni qanday qilib ishonchli tarzda o‘zlashtirayotganini kuzatmoqdaman. Menga har doim yuqori salohiyatga ega bozorlarda fintex sanoatining innovatorlari bilan hamkorlik qilish yoqqan va TBC’ning O‘zbekistondagi hozirgi yutuqlari yaxshi taassurot qoldirmoqda. Ayniqsa, bozor rivojlanishining hozirgi bosqichini inobatga olsak, kompaniya o‘z salohiyatini endigina ochmoqda. Men Kuzatuv kengashi faoliyatiga hissa qo‘shish va Oliver Xyuz va Metyu Risli, shuningdek, Vaxtang Butskrihidze, Nika Kurdiani va umuman TBC Bank Group jamoasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatidan faxrlanaman. O‘z tajribamni TBC Uzbekistan’ning kelgusi rivojiga foyda keltirish uchun qo‘llashdan mamnun bo‘laman”.
Metyu Risli: “Men uchun TBC Digital Kuzatuv kengashi a'zosi bo'lish va dunyodagi eng yaxshi fintex kompaniyalari va AQSh investitsiya hamjamiyati bilan hamkorlik qilish hamda tajribam bilan bo‘lishish juda muhimdir. Qisqa vaqt ichida TBC Uzbekistan allaqachon ajoyib natijalarga erishdi, jumladan, o‘sish sur’ati jihatidan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi raqamli bank bozorida yetakchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston bozorining o‘sish salohiyati haqiqatan ham ulkan va ishonchim komilki, TBC tomonidan yaratilgan mustahkam poydevor va TBC Uzbekistan’ning iste’dodli rahbariyat jamoasi tufayli mintaqada raqamli banking rivojlanishi fonida barcha manfaatdor tomonlar uchun yanada innovatsiyalar va uzoq muddatli qiymat yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarga ega”.
Kuzatuv kengashining shakllantirilishi — TBC’ning O‘zbekistondagi faoliyatini yagona tuzilma doirasida birlashtirish va optimallashtirishda muhim qadamdir. Kengash tarkibiga oid yangi tartiblar allaqachon kuchga kirgan.