Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarga BYD avtomobili va pul mukofotlari topshirildi

Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarga BYD avtomobili va pul mukofotlari topshirildi

Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarga BYD avtomobili va pul mukofotlari topshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Boks, og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatlarida yuqori natijalar qayd etgan sportchi va ularning murabbiylariga prezident sovg‘asi topshirildi.

Musobaqalarda oltin medal olganlarga 15 000 dollar, kumush olganlarga 7500 dollar, bronza olganlarga 3750 dollar hamda ularning murabbiylariga esa mablag‘ning teng yarmi hisobida bir martalik pul mukofoti berildi.

Shuningdek, oltin medal sovrindorlariga BYD Song Plus Champion, kumush va bronza egalariga esa BYD Chazor avtomobillari kalitlari taqdim etildi.

Ma'lumot uchun, Ruslan Nurudinov Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘lgandi.

Milanda o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionatida esa Artur Guliyev oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

O‘zbekiston terma jamoasi Angliyaning Liverpul shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Jahon chempionatini 11 ta — 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medal bilan yakunlagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling