Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 29/05/2025 Jahon banki va O‘zbekiston farmatsevtika sohasiga investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini muhokama qilmoqda

Jahon banki va O‘zbekiston farmatsevtika sohasiga investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda farmatsevtika sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish salohiyati, sohaga strategik yondashuv va uning sog‘liqni saqlash tizimi hamda sanoatni rivojlantirishdagi o‘rni atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida xususiy sektor rivojiga to‘siq bo‘layotgan omillarni aniqlashga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada, quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi:

Aniq siyosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish (policy actions);

Hududiy infratuzilma tashabbuslarini rivojlantirish (ground schemes).

Uchrashuv yakunida farmatsevtika sohasida samarali boshqaruvni taʼminlash va barqaror rivojlanishga erishishda xalqaro hamkorlarni jalb etish muhimligi taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling