Valyuta kurslari 21/01/2026
$1 – 12073.29
UZS – 0,18%
€1 – 14158.35
UZS – 1,07%
₽1 – 155.16
UZS – 0,3%
Qidirish
Jahon banki va Oʻzbekiston elektron davlat xaridlarini rivojlantirish va sunʼiy intellektni joriy etish masalalarini muhokama qilishdi

Jahon banki va Oʻzbekiston elektron davlat xaridlarini rivojlantirish va sunʼiy intellektni joriy etish masalalarini muhokama qilishdi

Jahon banki va Oʻzbekiston elektron davlat xaridlarini rivojlantirish va sunʼiy intellektni joriy etish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 20-yanvar kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo uchun davlat xaridlari bo‘yicha amaliyot rahbari Felipe Goya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Jahon bankining O‘zbekiston bo‘yicha dasturlar koordinatori Anastasiya Aleksandrova, xaridlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Jentu Lyu hamda bir qator mas’ullar ishtirok etdi.

Suhbat davomida Jahon banki bilan davlat xaridlari sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, davlat xaridlari elektron tizimini rivojlantirish va sohaga sun’iy intellektni joriy etish, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish, shartnomalarni boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat buyurtmachilarining xarid qilish tartib-taomillari ustidan samarali monitoring tizimini o‘rnatish va boshqalar.

Tomonlar O‘zbekistonning davlat xaridlari tizimida raqobat muhitini kengaytirish va ochiqlikni ta’minlash orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar muhim ekanini ta’kidladi.

Shu o‘rinda, Felipe Goya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF–259-sonli “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni ijro etishda Jahon banki qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida davlat xaridlari sohasidagi islohotlarni jadallashtirish hamda Jahon bankining texnik hamda moliyaviy ko‘magi asosida yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling