Valyuta kurslari 16/03/2026
$1 – 12081.63
UZS – -0,17%
€1 – 13837.09
UZS – -1,1%
₽1 – 150.44
UZS – -1,72%
Qidirish
Jahon banki Oʻzbekistonning gaz tarmoqlari uchun 10,6 million dollar ajratadi

Jahon banki Oʻzbekistonning gaz tarmoqlari uchun 10,6 million dollar ajratadi

Jahon banki Oʻzbekistonning gaz tarmoqlari uchun 10,6 million dollar ajratadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratishni ma’qulladi.

Jahon bankining yo‘ldosh neft gazini yoqish va metan chiqindilarini kamaytirish (Global Flaring and Methane Reduction, GFMR) trast jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda gaz sizib chiqishini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasi “O‘ztransgaz” AJ davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladigan gaz uzatish tarmoqlarida sizib chiqishlarni aniqlash va bartaraf etish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

Loyiha doirasida 2029-yilgacha ta’mirlash ishlari orqali iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazib beriladigan qariyb 47,5 ming tonna gaz sizib chiqishining oldini olish rejalashtirilgan.

Gaz yo‘qotishlarining kamayishi, shuningdek, taxminan 18 million dollar miqdorida mablag‘lar tejalishini ta’minlaydi. Ushbu mablag‘larning katta qismi sizib chiqishni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha uzoq muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Ular “O‘ztransgaz” AJ gaz uzatish tizimining samarali va ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlash imkonini beradi.

GFMR tomonidan taqdim etilgan grant mablag‘lari gaz yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha uzoq muddatli chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi maxsus jamg‘arma orqali moliyalashtiriladi.

Jamg‘arma loyiha doirasida tejalgan gazni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan to‘ldiriladi va “O‘ztransgaz” AJning gaz uzatish infratuzilmasidagi sizib chiqishlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha ishlarni moliyalashtiradi.

Loyiha, shuningdek, gaz sizib chiqishini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish uchun “O‘ztransgaz” AJga zamonaviy uskunalar sotib olish va xodimlarni o‘qitishga sarmoya kiritishni nazarda tutadi.

Shuningdek, “O‘ztransgaz” AJga tabiiy gazning asosiy komponenti bo‘lgan metan emissiyasi bo‘yicha hisobot va o‘lchashning xalqaro standartlarini joriy etishda ko‘maklashiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling