ITB, Hukumat va UNISEF oʻrtasidagi hamkorlik Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi islohotlarni ilgari surmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Islom taraqqiyot banki (ITB), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) o‘rtasidagi strategik hamkorlik doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy rivojlanishida tub o‘zgarishlarga olib keladigan innovatsiyalarni namoyish etish maqsadida bugun ITB Prezidenti, doktor Muhammad Al-Jasser Janobi Oliylarini yuqori darajadagi tashrifi tashkil etildi.
O‘zining O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida doktor Muhammad Al-Jasser Janobi Oliylari Oʻzbekiston taʼlim sohasini mustahkamlashga qaratilgan koʻp million dollarlik muhim sarmoyaviy tashabbus doirasida “Maktabgacha taʼlim muassasalari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyati bilan tanishdi.
“Ushbu sarmoyalar O‘zbekistonning ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga bo‘lgan qat’iy intilishining yorqin dalilidir,” — dedi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova. “O'qituvchilarga sarmoya kiritish orqali biz har bir bolaning kelajagiga sarmoya kiritmoqdamiz.”
Tashrif davomida MMTV bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi ITB tomodan qo‘llab-quvvatlanayotgani alohida ta’kidlandi. Mazkur loyiha doirasida 2,3 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilib, MMTV va UNICEF hamkorligida 11 ta viloyat Maxorat markazlari takomillashtirishmoqda hamda Toshkent shahrida sunʼiy intellektga asoslangan birinchi multimedia studiyasi ishga tushirilib, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangi dasturlar xizmatga kirishishdan oldingi va xizmat davomidagi bosqichlar uchun ishlab chiqilmoqda.
"Ushbu loyihaning guvohi bo'lish haqiqatan ham ilhomlantiradi. Biz zamonaviy vositalar o'qituvchilar salohiyatini ochib berayotganini va innovatsion o'quv dasturi bolalarning ta'lim olish jarayonini tubdan o'zgartirayotganini ko'rmoqdamiz. O'zbekiston o'z yoshlariga sarmoya kiritib, doimiy farovonlik sari yo'l ochmoqda. Islom taraqqiyot banki ushbu yo’lda hamkor bo’lishdan faxrlanib, O‘zbekistonda va undan tashqarida barqaror rivojlanish va ilg'or ta'lim islohotlarini amalga oshirishga sodiqliqligini yana bir bor tasdiqlaydi”, — dedi doktor Muhammad Al-Jasser Janobi Oilylari.
Maktabgacha ta'lim sohasidagi loyihadan tashqari, uch tomonlama hamkorlik O‘zbekiston ta’lim sohasidagi eng yirik investitsiya — umumiy qiymati 220 million AQSh dollarini tashkil etuvchi SmartED loyihasini ham amalga oshirmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Oʻzbekistonda taʼlim islohotini qoʻllab-quvvatlash, jumladan, inklyuziv taʼlim modellarini sinovdan oʻtkazish, milliy oʻquv dasturi va baholash tizimini yangilash, shunungdek sifatni nazorat qilish mexanizmlarini kuchaytirishni qoʻllab-quvvatlash uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda YUNISEF umumiy qiymati 19,2 million AQSh dollari miqdoridagi bitimlarni imzoladilar.
“Islom taraqqiyot bankining O‘zbekiston ta’lim sohasiga kiritayotgan investitsiyasi ham o‘z vaqtida, ham strategik jihatdan muhim bo‘lib, hukumatning inson kapitalini rivojlantirish maqsadiga to‘liq uyg‘un keladi,” - dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio. Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim berishning samarasi juda katta Bundan tashqari, o‘quv dasturlarini isloh qilishga e’tibor qaratish dolzarb va barqaror ta’lim tizimini yaratishga asos bo‘ladi”, dedi u.
Mazkur qo‘llab-quvvatlash dunyo miqyosidagi o‘quv inqirozi va maktabgacha ta’limning ijobiy ta’sirini tasdiqlovchi dalillar ortib borayotgan bir davrda amalga oshirilmoqda. Tobora ko‘payib borayotgan dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori sifatli maktabgacha ta’lim olgan ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan oilalardagi bolalar oliy ta’limni davom ettirish, yaxshiroq daromad topish hamda jinoyat tizimi bilan kamroq to‘qnash kelib, mazmunli hayot kechirish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi. Biroq ko‘plab hududlarda maktabgacha ta’lim o‘qituvchilari hanuz eng past malakaga ega bo‘lib qolmoqda, bu esa o‘qituvchilarni tayyorlashni kuchaytirish va har bir bolaga muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini berishga qaratilgan sarmoyalarning nihoyatda zarurligini ta’kidlaydi.
ITB uchun bu tashabbuslar aʼzo mamlakatlar bilan Hamkorlik strategiyasiga (2022–2026) muvofiqdir. Unda barqaror oʻsishni qoʻllab-quvvatlash uchun inson kapitalini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.