Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Italiyaning Balletto di Roma truppasi Xalqaro balet festivali doirasida Toshkentda chiqish qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro balet festivali doirasida 23–24 aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Balletto di Roma truppasining zamonaviy “Dinkanto” baleti namoyish etiladi. Bu haqda Jamg'arma ma'lum qildi.
Ikki kun davom etadigan ushbu sahna asari yorqin sahnografiya, zamonaviy xoreografiya va musiqiy ifoda uyg‘unligi orqali tomoshabinlarni hayratga soladi. Spektakl klassik raqs an’analari hamda zamonaviy balet tilining yangi qirralarini ochib beradi.